Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga asosan transport vositasi haydovchilari piyodalar yo‘lagida harakatlangani uchun eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida jarima to‘laydi.
Ushbu qoidabuzarlikni ma'muriy jazo qo‘llanilgandan so‘ng bir yil mobaynida sodir etsa, eng kam ish haqining 1 barobaridan 4 barobarigacha jarima yoki transport vositasidan foydalanish huquqidan 6 oy muddatga mahrum etish choralari ko‘riladi.
Ta'kidlanishicha, piyoda qoidabuzarlik yuzasidan yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga murojaat qilishi mumkin. Bunda uning tasdiqlovchi foto yoki video tasviri, shuningdek, guvohlari bo‘lishi talab etiladi.











