Propandan metanga o‘tkazilayotgan «zapravka»lar: «O‘zbekneftgaz» tushuntirish beradi
Ayni paytda respublikamizda avtotransport vositalarining siqilgan tabiiy gazga o‘tkazish hisobiga 7.780 ming tonna va suyultirilgan gaz hisobiga 2.960 ming tonna avtomobil yoqilg‘isi ekvivalentida o‘tkazilishi ta'minlangan, deb ma'lumot berdi KUN.UZ’ga «O‘zbekneftgaz» AJ xodimi.
Bu holatda iqtisodiy maqbullik nuqtai nazaridan respublikaning alohida hududlarida aholini ta'minlash uchun suyultirilgan gazdan yanada kengroq foydalanilmoqda. Xususan, 2010–2016 yillarda siqilgan gazdan o‘z ehtiyojlari uchun foydalanuvchi uy xo‘jaliklari soni 4 marta (599,1 mingdan 2,55 mln. birlikka) oshgan, binobarin, aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish hajmi 8 barobarga (yiliga 30,6 ming tonnadan, 243,2 ming tonnaga) oshgan.
Shu sababli aholining suyultirilgan gaz (propan)ga bo‘lgan talablarini qanoatlantirish yanada dolzarb bo‘lmoqda, binobarin, avtotransport vositalari tomonidan foydalanilayotgan suyultirilgan gaz hajmlarini bekor qilib, ularni bosqichma-bosqich siqilgan gaz (metan)ga o‘tkazishni taqazo etmoqda.
Shuni ham alohida qayd etish joizki, ayni paytda avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari (AGQSh) samaradorligining darajasi past, ularning loyihaviy quvvati respublika bo‘yicha o‘rtacha 29 foiz atrofida.
Yuqoridagi holatlarni hisobga olib, Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi tayyorlandi va u o‘rnatilgan tartibda barcha vazirliklar, idoralar tomonidan ma'qullanib, 2017 yil 11 oktabrda «Avtomobillarga gaz to‘ldirish stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirish, avtotransport vositalarini siqilgan tabiiy gazga bosqichma-bosqich o‘tkazish, shuningdek, ular uchun mo‘ljallangan gaz ballon uskunalarining xavfsiz ekspluatatsiyasini ta'minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi №815-sonli qarori qabul qilindi va unga ko‘ra avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari (AGTKS) tarmog‘i rivojlantiriladi va avtomobillar bosqichma-bosqich siqilgan gazga o‘tkaziladi.
Mavjud AGQShlarni AGTKSlarga aylantirish va avtomobillarni siqilgan gazga o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirishni ta'minlash uchun o‘rnatilgan muddatlarda tegishli chora tadbirlarni qo‘llash, xususan, 2017 yilning 1 dekabridan AGQShlar qurish uchun yer uchastkalari ajratishga chek qo‘yiladi.
AGTKS qurilishini rag‘batlantirish va ularning samaradorligini oshirish maqsadida qarorda avtotransport vositalariga gaz ballon uskunalarini imtiyozli kreditlar asosidan xarid qilish, AGTKSlar joylashgan joylarda «bir darcha» prinsipida kredit bitimlarini rasmiylashtirish punktlarini ochish kabi qulay sharoitlar nazarda tutilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori aholini suyultirilgan gaz bilan ta'minlashga xizmat qiladi, 2017–2019 yillarda respublika bo‘ylab qo‘shimcha 178 ta AGTKS ochish va 800,4 mingdan ziyod avtomobilni siqilgan gazga o‘tkazish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi
O‘zbekiston | 16:37
-
Yoshga doir pensiya «proaktiv» shaklda, fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi
O‘zbekiston | 16:36
-
Metro mashinisti turmush o‘rtog‘ini o‘ldirib, kanalga uloqtirib yubordi
Jamiyat | 16:32
-
Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirildi
O‘zbekiston | 16:22
Mavzuga oid

15:20 / 01.05.2025
Gaz quyish shoxobchalarida metan narxi 5200 so‘mgacha qimmatlashdi

19:40 / 14.03.2025
Nukusda propan gaz tashuvchi yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

10:10 / 22.02.2025
“O‘tgan yili 1 km navbat bo‘lsa ham gaz quyardik” - vodiyda metan muammosi

20:41 / 20.02.2025