14:21 / 18.10.2017
12921

Soros 18 mlrd. dollarini jamg‘armaga o‘tkazib berdi - WSJ

Milliarder-investor Jorj Soros o‘z davlatining katta qismini – 18 milliard dollarni (Forbes’ga ko‘ra Sorosning boyligi 23 mlrd. dollarga baholanadi) – o‘zi tomonidan tashkil etilgan «Ochiq jamiyat» fondiga o‘tkazib berdi, deb xabar bermoqda The Wall Street Journal jamg‘armaning nomi oshkor etilmagan vakillariga asosan.

Endilikda «Ochiq Jamiyat» AQShdagi Bill va Melinda Geytslar jamg‘armasidan keyin kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqib qoldi. Geytslar oilasining jamg‘armasi aktivlari taxminan 30 mlrd. dollarga teng, deya ta'kidlaydi gazeta.

Soros Fund Management kompaniyasining 87 yoshli asoschisi endi «Ochiq jamiyat» investitsiya qo‘mitasi bilan birga uning strategiyasini aniqlashda ishtirok etadi, deya ta'kidlaydi WSJ. Bu qo‘mita bir vaqtlar Sorosning o‘zi tomonidan tashkil etilgan, u qo‘mitasining doimiy raisidir.

Soros Fund Management’ning investitsiyalar bo‘yicha direktori Don Fitspatrik kapitalni turli aktivlarni boshqaruvchilarga beradi, deya xabar qilmoqda WSJ. Shu bilan birga, u Sorosga yoki Soros Fund Management’dan kimgadir emas, balki «Ochiq jamiyat» investitsiya qo‘mitasiga hisobot beradi.

Ushbu investitsiya qo‘mitasiga Sorosning o‘zi tomonidan asos solingan, ammo u 87 yoshli moliyachi vafot etgandan keyin ham o‘z faoliyatini davom ettiradi, deyishgan vaziyatdan yaxshi xabardor kishilar. 

Top