18:22 / 18.10.2017
3428

TIVda Fransiya elchisi bilan ikki tomonlama hamkorlik muhokama qilindi

2017 yilning 18 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Fransiya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Violen Biyet de Vilmor bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning keng qamrovli masalalari muhokama qilindi.

Xususan, kelgusi O‘zbekiston-Fransiya turli sohalardagi aloqalarining kun tartibi va jadvalining amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Top