12:10 / 19.10.2017
11742

Afg‘onistonda xudkush hujumi oqibatida kamida 70 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonning Qandahor viloyatidagi Mayvond tumanida joylashgan harbiy baza yaqinida ikkita avtomobil portlatildi. Hodisa oqibatida kamida 70 nafar harbiy halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Tolo News.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, portlashlar xudkush-terrorchilar tomonidan amalga oshirilgan. Afg‘oniston Mudofaa vazirligi harbiy bazaga hujumni tasdiqladi, deb xabar bermoqda 1TV.

Jarohatlanganlar soni va hujum tafsilotlari hozircha aniq keltirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 17 oktabr kuni ham Afg‘onistonda birdaniga ikkita portlash yuz bergani xabar qilingandi.

Top