17:50 / 19.10.2017
8603

«Barselona» Keyn va Eriksenni kuzatmoqda

Ispaniyaning El Mundo Deportivo nashrida yozilishicha, 17 oktabr kuni Madridda bo‘lib o‘tgan «Real» – «Tottenhem» o‘yiniga «Barselona» klubi sport direktori Robert Fernandes ham tashrif buyurgan. 

Manbaning aytishicha, kataloniyaliklar «Tottenhem»ning ikki futbolchisi bilan jiddiy qiziqib qolgan, aynan shuning uchun o‘yinga sport direktori jo‘natilgan. Bu futbolchilar Kristian Eriksen va Harri Keyndir. 

Ma'lumki, Harri Keynga Ispaniyaning boshqa grandi «Real» klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. Hatto Keyn uchun Garet Beylni «Tottenhem»ga qaytarish imkoniyatlari ko‘rib chiqilayotgani haqida xabarlar tarqalgan.

Top