08:53 / 19.10.2017
6249

Xitoy YaIM 2017 yil 3-choragida 6,8 foizni tashkil etdi

Foto: Reuters

Xitoy YaIM (yalpi ichki mahsuloti) 2017 yil uchinchi choragida o‘tgan yilning shu davri bilan qiyoslaganda 6,8 foizga o‘sdi. Bu haqda Reuters agentligi rasmiy ma'lumotlarga tayangan holda xabar qilmoqda

Ta'kidlanishicha, tahlilchilar ham deyarli shunday natijani kutishgan. O‘tgan yilning shu choragida bu raqam 6,9 foizni tashkil etgan. 

Xitoy hukumati esa, yil yakuniga kelib YaIM o‘sishi o‘tgan yilgi 6,7 foizga nisbatan pasayib, 6,5 foizni tashkil etishini kutmoqda.

Top