11:10 / 19.10.2017
11604

Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eng yirik eksportchisi bo‘lishi kerak – Nazarboyev

Foto: Tengrinews

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev qishloq xo‘jalik ishchilarini yig‘im-terim kampaniyasi muvaffaqiyatli yakunlagani munosabati bilan tabrikladi, deb xabar bermoqda Oqo‘rda matbuot xizmati.

«Hosilni yig‘ib olish – nafaqat agrarchilar, balki butun mamlakatimiz uchun ham muhim voqealardan biri. Yig‘im-terim kampaniyasining natijalari davlatning oziq-ovqat xavfsizligi hamda jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik darajasini aniqlaydi. Sizlarning fidokorona sa'y-harakatlaringiz tufayli Qozog‘iston yana bir bor o‘zining yetakchi g‘alla davlati maqomini tasdiqladi», - deyiladi davlat rahbari tabrigi maktubida.

Joriy yilda 21 million tonnadan ortiq g‘alla yig‘ib olindi, ularning uchdan ikki qismi yuqori sifatli navlardir va xalqaro standartlarga javob beradi.

«Davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasini tizimli qayta o‘zgartirish va diversifikatsiya qilish siyosati olib borilmoqda. Uni yanada rivojlantirishning eng muhim sharti - qayta ishlangan mahsulotlarni chiqarishga o‘tish. Mamlakatimiz eksport qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lishi kerak», - deya ta'kidlab o‘tdi Nazarboyev. 

Mavzuga oid
Top