14:45 / 19.10.2017
35568

Qozog‘istonda O‘zbekistonning 701 fuqarosi javobgarlikka tortildi

Foto: Reuters

10 sentabrdan boshlab Qozog‘istonda Qirg‘izistonning 685 nafar fuqarosi, O‘zbekistonning 701 va Tojikistonning 27 fuqarosi ro‘yxatdan o‘tish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat tili va axborot departamenti direktori Olmos Saduboyev ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Tengrinews.kz.

Xabar qilinishicha, mamlakatda qonun ustuvorligini ta'minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi maqsadida shu yilning 10 sentabridan 1 dekabrigacha «Hudud» rejali tezkor-profilaktik tadbir o‘tkazilmoqda, unda politsiya xodimlari uyma-uy tekshiruv o‘tkazishmoqda.

«9 dan 18 oktabrgacha 28 mingdan ortiq ma'muriy huquqbuzarliklar aniqlangan, shu jumladan 518 tasi oilaviy-maishiy munosabatlar sohasida, 1 300 dan ortig‘i – mayda bezorilik. Doimiy va vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish qoidalarini buzganlik uchun besh mingdan ortiq shaxs javobgarlikka tortildi, ulardan 3 778 nafari Qozog‘iston Respublikasi va 1 647 nafari xorijiy davlat fuqarosi. Jumladan, 701 nafar O‘zbekiston fuqarosi, 685 - Qirg‘iziston, 71 - Rossiya, 27 - Tojikiston va 163 nafari boshqa davlat fuqarosi», - deya xabar berdi Saduboyev.

1 713 nafar huquqbuzarga nisbatan mamlakatdan chiqarib yuborish, davlatda bo‘lish muddatini qisqartirish kabi choralar qo‘llangan.

Top