22:25 / 19.10.2017
40161

Moliya vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Foto: «Kommersant.uz»

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan Karimov Anvar Rasulovich moliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar Anvar Karimov Sirdaryo viloyati hokimiyati moliya boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Anvar Karimov soliq va bojxona-tarif siyosati, buxgalter hisob-kitobi va audit metodologiyasi, narxlarni shakllantirish va QQS bo‘yicha oshgan summani qaytarish, agrosanoat kompleksi moliyaviy ishlari va davlat soliq nazorati inspeksiyasi masalalarini muvofiqlashtirib boradi.

Mavzuga oid
Top