00:23 / 19.10.2017
25930

Toshkentda shamol vaqtida uzilgan elektr simi restoranning yonib ketishiga sabab bo‘ldi

Foto: Voditeli Tashkenta

17 oktabrda Toshkentda "Parkent" bozori yaqinida joylashgan Daro kafesi yong‘in ichida qoldi.

Yong‘in haqidagi xabar Toshkent yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga soat 22.50da kelib tushgan. 10 daqiqa ichida 4 ta o‘t o‘chirish brigadasi voqea joyiga yetib kelgan. O‘t o‘chiruvchilar 25 daqiqa ichida yong‘inni bartaraf etishgan.

Olov qo‘shni uyga ham o‘tgan, biroq unga qattiq shikast yetkazmagan. Kafe esa butkul yonib ketgan. Yong‘in vaqtida hech kim jabr ko‘rmagan.

Ma'lum qilinishicha, yong‘inga 17 oktabrda kechki vaqt kuzatilgan qattiq shamol sabab bo‘lgan. Shamol elektr simini uzib yuborishi natijasida, sim restoran tomi ustiga tushib, yopmaning bir onda yonishiga olib kelgan. Bir necha daqiqa ichida yong‘in butun binoni qamrab olgan.

Top