Tojikistonda er-xotin tadbirkor shafqatsizlarcha o‘ldirildi

Foto: News.tj
Tojikiston Ichki ishlar vazirligining So‘g‘d viloyati bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati xodimi Muhsin Yusufovning aytishicha, 17 oktabr kuni kechqurun Bobojon G‘ofurov tumanidagi Unji hududida istiqomat qiluvchi er-xotin tadbirkorlarning uyiga noma'lum shaxslar bostirib kirishgan hamda ularni shafqatsizlarcha o‘ldirishgan. Qayd etilishicha, oilaviy juftlik Xo‘jandning «Panjshanbe» bozorida savdo qilishgan.
Ma'lum qilinishicha, qotillar qurbonlari og‘izlarini skotch bilan o‘rab tashlab, ularni pullar qayerda saqlanishi bo‘yicha ma'lumot olish uchun qiynoqqa solishgan. Qotillik paytida qo‘shni xonada er-xotinning o‘g‘li bo‘lgan, biroq jinoyatchilar unga tegishmagan.
Tergov maxfiyligini saqlash lozimligi tufayli o‘ldirilgan shaxslar ism-familiyasi va qotillikning boshqa tafsilotlari ochiqlanmagan. Shuningdek, jinoyatni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan shaxslar ro‘yxati tuzilgani bo‘yicha ma'lumot yo‘q.
Huquqni muhofaza qilish organi xodimlarining ta'kidlashicha, ushbu qotillik Bobojon G‘ofurov tumanida tilla buyumlari bilan savdo qiluvchi oilaning o‘ldirilishiga juda o‘xshash tarzda amalga oshirilgan, bu jinoyat bir necha yil muqaddam yuz bergandi. O‘shanda jinoyatchilar uy egalari va ularning uch nafar voyaga yetmagan farzandlarini ham ayab o‘tirishmagan. Ular 30 ming dollarni olib, uyni yoqib yuborishgan. Qotillar bir yil o‘tibgina ushlangan.
Huquqni muhofaza qilish tuzilmalari ma'lumotlariga ko‘ra, hozirgi qotillik ham yirik miqdordagi pullarni o‘zlashtirish maqsadida amalga oshirilgan. Jinoyatni tergov qilish uchun ichki ishlar va prokuratura organlari xodimlaridan iborat tezkor-qidiruv guruhi tuzildi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevropa osmonidan Etihad’gacha – o‘zbekistonlik styuardessa hikoyasi
Jamiyat | 13:05
-
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi
O‘zbekiston | 12:02
-
Andijon viloyati hokimligi Shuhrat Abdurahmonov 15 yoshli qizni zo‘rlagani aytilgan xabarga munosabat bildirdi
O‘zbekiston | 11:39
-
Jahli chiqqan Japarov, matbuotdagi “jiddiy ahvol” va g‘alaba paradlari – Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 10:57
Mavzuga oid

17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi

17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi

16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi

12:26 / 15.11.2024