Uch yoshli Maryam Amerikadagi qorilar musobaqasida ikkinchi o‘rinni oldi

Foto: «Azon.uz»
2017 yilning 7 oktabrida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Vashington shtati Redmond shahrida Qur'oni Karimni chiroyli va to‘g‘ri tajvid qoidalari bilan yod olish bo‘yicha navbatdagi musobaqa bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi «Azon.uz».
Unda 2 va 18 yosh oralig‘idagi bolalar va 18 yoshdan kattalar ham ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi. Musobaqa ishtirokchilari yoshlariga qarab bir nechta guruhga ajratilgan holda sinovdan o‘tishdi.
14 oktabrda ushbu bo‘lib o‘tgan musobaqa natijalari e'lon qilinib, g‘oliblar taqdirlandilar.
Ma'lum bo‘lishicha, bellashuvda bu safar o‘zbek qizalog‘i — Maryam ham ishtirok etib, 5 yoshgacha bo‘lgan qariyb 30 nafar ishtirokchi ichidan 100 dan 98 ball bilan 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Maryamning ota-onasi aytishicha, qizaloq yaqindagina 3 yoshni qarshi olgan. Lekin yosh bo‘lishiga qaramasdan musobaqada ishtirok etib, hay'at a'zolarini o‘z bilimi bilan lol qoldirgan. Maryam o‘zining bu yutug‘i bilan Redmond masjidi imomi bo‘lmish Imom Nabeelning olqishiga sazovor bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
Jahon | 02:31
-
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
Jahon | 01:40
-
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi
Jahon | 01:09
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025