Amerikalik og‘ir vaznli mashhur bokschi Evander Holifild 19 oktabr kuni 55 yoshga to‘ldi. «Jangchi» laqabli sportchi WBC, WBA, IBF va WBF yo‘nalishlari bo‘yicha chempionlik kamarlariga egalik qilgan, shuningdek «Ring» jurnali talqini bo‘yicha uch marta yil bokschisi deb tan olingan: 1987, 1996 va 1997 yilda. Evander boshqa turli unvonlar sohibi bo‘lishidan tashqari, professonal boks tarixida superog‘ir vaznda to‘rt marta jahon chempioni bo‘lgan yagona sportchidir.

1996 yilning noyabrida u Mayk Taysonni nokautga uchratdi, 1997 yilning yozida o‘tkazilgan revansh jangda esa mashhur «quloq voqeasi» yuz berdi, Tayson shundan so‘ng chetlashtirilgandi. 2009 yilda Tayson shoulardan birida Evanderdan uzr so‘radi. Chempionning yubileyi tufayli bir necha suratlarni taqdim etamiz.

Foto: Reuters

Evander Holifild Mayk Tayson bilan jang paytida, 1997 yil 28 iyun

Foto: AP

Evander Holifild Bert Kuper ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Atlantadagi matbuot anjumanida, 1991 yil

Foto: Reuters

Evander Holifild Fransua Bota bilan jang paytida, Las-Vegas, 2010 yil

Foto: Reuters

Evander Holifild Pekindagi Xitoy modalar haftasida, 2003 yil

Foto: Reuters

Evander Holifild Sulton Ibragimov bilan jang paytida, Moskva, 2007 yil