«Bog‘cha xodimlari yana paxtaga chiqsin yoki har biri 150 ming so‘mdan to‘lasin...»
O‘zbekiston hukumati joriy mavsumda o‘qituvchi, talaba va shifokorlarni paxta yig‘im-terimidan ozod etgan edi. Ushbu kasb egalari bu qarordan xursand bo‘lib, ishiga qaytib, sidqidildan mehnat faoliyatini davom ettirmoqda. Talabalar esa ko‘tarinki kayfiyatda bilim olishmoqda. Bu yaxshi, albatta.
Ish yuzasidan xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatiga borganimda jamoat transportida ikki o‘rta yoshdagi ayolning boshqa ayollar bilan suhbatini eshitib qoldim. Ma'lum bo‘lishicha, ular bir kun oldin paxta yig‘im-terimidan qaytishgan ekan.
Biri so‘z boshladi. Hukumatimiz tomonidan paxta dalalaridagi o‘qituvchi va talabalarni qaytarish to‘g‘risida topshiriq bo‘lganida ular o‘sha kunning o‘zida qaytarilgan ekan. Ammo, maktabgacha ta'lim muassasalarida, ya'ni bog‘chada ishlayotgan xodimlarga bu narsa sizlarga taalluqli emas, ko‘nglingizni cho‘ktirmay paxtani teringlar deb, aytishgan. O‘sha vaqtda sentabr oyining oxirlari edi. Shu 20 kun o‘tmay qoladimi, deb paxtani terishgan. Keyingi 20 kunlikka bog‘chada ishlaydigan, paxtaga bormagan xodimlar kelib o‘rin almashishib, bu ikki ayol ish joyiga qaytib ishlashayotganini gapirib berishdi, suhbatdosh ayollarga.
Bu suhbatga guvoh bo‘lganimda bog‘chada ishlayotgan ishchilar ham jondan aziz farzandlarimiz tarbiyasi bilan shug‘ullanadi-ku. Ular ham tarbiyachi bo‘lsa, bolalarimizni bog‘chaga ishonib topshirib, ish-ishimizga ketamiz. Ishimiz tugagandan so‘ng, bexavotir bog‘chaga borib, tarbiyachiga rahmat aytib farzandimizni uyga olib kelamiz. Ana shunday mas'uliyatli vazifada mehnat qilishsa-da, nima sababdan ular paxtadan qaytarilmagan bo‘lsa, deb ko‘nglimdan o‘tkazib qo‘ydim.
Bundan tashqari, Prezidentimizning 30 sentabrdagi «Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni hamda «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorining e'lon qilinishi ushbu muassasalar faoliyatini tubdan yaxshilashga qaratilgandir. Shuningdek, kuni kecha Prezidentimiz raisligida maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilishda yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta'lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi.
Davlatimiz rahbari ushbu sohani yanada rivojlantirish borasida ular oldiga bir qator vazifalarni qo‘yayotgan bir paytda, bog‘cha xodimlari yana paxta yig‘im-terimiga jalb etilayotganini qanday tushunish mumkin.
Ha aytgancha, kuni kecha Qashqadaryo viloyatiga yana ish yuzasidan borganimda, yana o‘sha eski masala, ya'ni paxta terimiga bog‘chada ishlaydigan xodimlarni yana 5 kunga paxtaga chiqarayotgani to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘ldim. Eng qizig‘i, paxtaga biron sabab bilan bormaydigan xodim bo‘lsa, 150 ming so‘m pul berishi lozim ekan. Shu yerda haqli bir savol tug‘iladi. Bormaydigan xodimning bergan 150 ming so‘mi kimning cho‘ntagini qappaytirar ekan-a? Yo bo‘lmasa bog‘cha xodimlarining har biri bergan 150 ming so‘mi davlatga kirim qilinadimi?
Toshtemir MUROD
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShning Kiyevdagi sobiq elchisi: Trampning Ukrainaga bosimi tufayli ketdim
Jahon | 10:11
-
Usta dehqonlarga 100 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
O‘zbekiston | 09:50
-
Navoiyda vintilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
O‘zbekiston | 09:47
-
Rossiya va Ukraina Istanbulda asirlarni almashish borasida kelishib oldi
Jahon | 09:43
Mavzuga oid

16:21 / 07.05.2025
“Ta’minotchi hamkorlikni to‘xtatgani uchun” – Bulung‘urdagi bog‘chada bolalarga 2 kun go‘shsiz ovqat berilganiga izoh berildi

21:22 / 05.05.2025
“Qozonda 1 gramm go‘sht yo‘q” - Samarqanddagi davlat bog‘chasida bolalarga go‘shsiz ovqat berilmoqda

16:20 / 03.05.2025
Ko‘za kunda emas, kunida sinadi. Bog‘chalar bolalar hayoti bilan o‘ynashmoqda

17:04 / 01.05.2025