15:20 / 20.10.2017
8648

Kasb-hunar kollejlarida elektron nazorat tizimi amalga oshirilmoqda

Foto: KUN.UZ

Endilikda dars mashg‘ulotlariga kelmagan o‘quvchi xonadoniga mahalla raislari, profilaktika inspektorlari, Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti rahbaridan iborat ishchi guruh borib, yoshlarni ta'limga qaytarish bo‘yicha ota-onalar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib boradi.

Bu borada Andijon viloyatida mavjud 128 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida ta'lim olayotgan 94298 nafar o‘quvchining kunlik davomatini muntazam nazorat qilish hamda tahlil etish borasida elektron nazorat tizimi amalga oshirilmoqda. 

Ta'lim muassasalarida tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan darslarga muntazam kelmayotgan o‘quvchilar haqidagi ma'lumotlar jamlanmasi yaratilib, belgilangan tizim asosida hududdagi MFYlariga ushbu ma'lumotlarni taqdim etilishi yo‘lga qo‘yildi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 2 avgustda hamda 2017 yil 16 avgustda o‘tkazilgan yig‘ilishlarda umumta'lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarning davomatini 100 foiz ta'minlash ta'minlash mahalla raislari, profilaktika inspektorlari, Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti rahbari zimmasiga yuklatilgan. 

O‘rta maxsus, kasb-hunar hunar ta'limi Markazi tegishli vazirliklar va hamkor tashkilotlar bilan qo‘shma qaror imzolanib, uning asosida: «Fuqarolar yig‘inlari rahbarlari (mahalla oqsoqollari), profilaktika inspektorlari, Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti rahbarlarini darsga muntazam kelmaydigan va ko‘p dars qoldiradigan o‘quvchilar bilan ishlashini tashkil qilish bo‘yicha yo‘riqnoma» ishlab chiqilib, ijrosi amalga oshirilmoqda.

Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov,
Andijon

Top