06:40 / 20.10.2017
8919

Qozog‘iston O‘zbekistonga qo‘shma iqtisodiy hududlar yaratishni taklif qildi

Illyustrativ foto

Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Qozog‘iston biznes-forumi doirasida Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayev qo‘shma iqtisodiy hududlar yaratish zarurligini ta'kidlab o‘tdi.   

Jumladan, Utembayev Qozog‘iston savdo missiyasi ochilishidagi tabrik nutqida forum ishtirokchilarini ikki davlatning rivojlanayotgan iqtisodiy aloqalari bilan tanishtirdi va bu aloqalarni qo‘shma kooperatsiyalar va iqtisodiy hududlar yordamida mustahkamlashni taklif qildi.

Bundan tashqari, Utembayev ikki davlat yetakchilari tomondan qo‘yilgan o‘zaro savdo aylanmasini 5 mlrd dollarga yetkazish vazifasining muhimligini qayd qilib o‘tdi. Bu jarayonda muhim rollardan biri B2B (Business to business» - "biznes biznes uchun") formatidagi biznes-forumlarni tashkillashtirishga ajratiladi.  

"Ikki davlat rahbarlari tomondan keyingi yilda Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida katta birinchi mintaqaviy forum o‘tkazish vazifasi qo‘yilgan. Ikki davlat munosabatlarida hali bunday forum bo‘lmagan. Qozog‘istonning 16 nafar va O‘zbekistonning 14 nafar hokimi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun aniq choralarni kelishib olish imkoniga ega bo‘ladilar", deb o‘z so‘zlarini intiholadi elchi.

Mavzuga oid
Top