Gulnora Karimovaning 784 mln. dollariga AQSh va Niderlandiya da'vo qilmoqda

Foto: Getty Images
Gulnora Karimovaning Shveytsariyadagi "Lombard Odier" bankida muzlatib qo‘yilgan 784 million AQSh dollarining katta qismi Niderlandiya va AQSh mutasaddilariga tegishi mumkin, deb yozadi izquvar-jurnalist Silvian Besson.
Jurnalistning o‘z manbasiga ko‘ra, restitutsiyaga (noqonuniy o‘zlashtirilgan boylikni ortga qaytarish sharti) da'vo qilib turgan tomonlar Bern shahrida o‘zaro kelishuvga erishishni ko‘zlab turibdi.
Le Temps nashrida e'lon qilingan maqolada yozilishicha, AQSh mana shu pullardan 550 million dollarni "o‘zbek tadbirkor doiralari moliyaviy amaliyotni amalga oshirish paytida Amerika banklaridan foydalangani" uchun qaytarishni talab qilmoqda. Niderlandiya da'vo qilib turgan mablag‘ miqdori va vaji xabarda keltirilmagan.
Bessonning aytishicha, bu pullarni bir vaqtlar Gulnora Karimovaning turli telekommunikatsiya kompaniyalardan pora sifatida qabul qilgan, degan ehtimol bilan bankda muzlatib qo‘yilgandi. Jurnalist bu pullar xalq manfaati uchun O‘zbekistonga qaytarilishi lozim, deb yozadi.
Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimova 2001-2013 yillarda turli jinoyatlarni amalga oshirganlikda ayblanib, 12ta mamlakatda unga tegishli umumiy qiymati 1,5 milliard dollarga teng mol-mulk borligi aniqlangan.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

23:08 / 24.04.2025
O‘zbekistonga Shveytsariya va Belgiyadan Gulnora Karimovga tegishli jami 290 mln dollar qaytarilishi mumkin

15:54 / 24.04.2025
Gulnora Karimovaning Shveytsariyada musodara qilingan mablag‘laridan 95 mln dollar O‘zbekistonga qaytarilgan

12:03 / 03.04.2025
Belgiya hukumati «korrupsiya va pul yuvish» jinoyatlari doirasida musodara qilingan 108 mln dollarni O‘zbekistonga qaytarmoqchi

16:53 / 06.02.2025