09:39 / 21.10.2017
11574

Xorazmda yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani poyezd urib yubordi

Temir yo‘l kesishmalarini piyoda yoki biron-bir turdagi mexanik transport vositalarida kesib o‘tayotganda xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilishlik lozimligi, temir yo‘llarni belgilanmagan joylaridan kesib o‘tmaslik to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari orqali doimiy ravishda targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda. Shunday bo‘lsada, temir yo‘llarda og‘ir oqibatli turli baxtsiz hodisalarning guvohi bo‘lmoqdamiz. 

Xorazm viloyati IIBning xabar berishicha, Hazorasp tumanida yashagan, 1989 yilda tug‘ilgan Q.B. 2017 yilning 14 oktabr kuni tungi paytda, Hazorasp tumani hududidan o‘tgan temir yo‘lni piyoda kesib o‘tishda e'tiborsizlikka yo‘l qo‘yishi natijasida, poyezd urib yubordi va olgan tan jarohati tufayli hodisa joyida vafot etdi. 

«Hurmatli fuqarolar, bugungi kunda, aholining uzog‘ini yaqin qilish hamda ular uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida turli yo‘nalishlarda tezyurar poyezdlarning qatnovi yo‘lga qo‘yilishi kutilayotganligi sababli temir yo‘llarimizda harakatlanayotgan poyezdlarning soni va tezligi sezilarli darajada ortadi. Shu bois temir yo‘l kesishmalarida va temir yo‘llarga yaqin joylarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilsak, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli baxtsiz hodisalarning oldi olinadi», - deyiladi viloyat IIB xabarida.

Mavzuga oid
Top