Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritildi. Hujjat Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 17 oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011 yil 2 martdagi 53-mh-sonli buyrug‘i (2011 yil 2 mart) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi ichki hujjatlarini mazkur buyruqqa muvofiqlashtiradi.
Mazkur buyruq rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar:
1-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«1. Ekspertiza muassasasida sud ekspertizasi fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat ishlari (shu jumladan, tergovga qadar tekshiruv materiallari), ma'muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudyaning qarori, sud ajrimi asosida o‘tkaziladi».
14-bandning birinchi xatboshisidagi «xo‘jalik» degan so‘z «iqtisodiy» degan so‘z bilan almashtirildi.
Tavsiya etamiz
Alyaskadagi muzokaralar: Putin nima talab qiladi va Trampga nima kerak?
Jahon | 12:26 / 12.08.2025
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Ozarboyjon Ukrainaga 2 mln dollarlik yordam ajratdi
Jahon | 19:53 / 11.08.2025
«Paxtakor-79». To‘lagan Isoqov va Dmitriy Anning xotiralari
Sport | 15:53 / 11.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil G‘azodagi falastinliklarni Janubiy Sudanga ko‘chirmoqchi – OAV
Jahon | 09:04
-
So‘x tumanidagi «Tul» chegara nazorat-o‘tkazish punkti vaqtincha yopildi
O‘zbekiston | 08:36
-
«PSJ» kambek amalga oshirdi va Superkubokni qo‘lga kiritdi
Sport | 08:11
-
Xorvatiyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
Jamiyat | 07:58
Mavzuga oid

12:22 / 14.07.2025
Yo‘l harakatiga oid ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartibi bo‘yicha yo‘riqnoma tasdiqlanadi

13:47 / 28.04.2025
NHH loyihalarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilandi

12:46 / 29.03.2025
Atrof-muhitga ta’sirni baholash bo‘yicha yagona tizim yaratiladi

08:59 / 08.02.2024