13:45 / 21.10.2017
21296

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti nufuzli xalqaro mukofotni qo‘lga kiritdi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Buyuk Britaniyaning Oksford shahrida joylashgan dunyoning nufuzli Yevropa Biznes Assambleyasiga 1923 yilda asos solingan bo‘lib, dunyodagi ilm, fan va ishbilarmonlik sohasidagi erishilgan yuksak natijalarni e'tirof etib boradi.

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu nufuzli tashkilot dunyoning bir qator ta'lim muassasalari va tadbirkorlarini birlashtiradi. Bu yilgi Eng yaxshi oliy ta'lim muassasasi nominatsiyasini qo‘lga kiritish uchun dunyoning turli burchaklaridan 1000 dan ortiq ta'lim muassasalari tanlovda ishtirok etdi. Ushbu tanlovning saralash jarayonida ta'limni quyidagi asosiy sifat ko‘rsatkichlariga: o‘quv-uslubiy, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga tadbiq etish, moddiy texnika bazani modernizatsiyalash, innovatsion integratsion hamkorlik, xalqaro hamkorlik va universitet bitiruvchilarining davlat va xususiy tadbirkorlik hamda biznesdagi faolligi baholandi.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan ushbu nominatsiya uchun O‘zbekistondagi bir necha oliy ta'lim muassasalari nomzodi berilgan edi. Ushbu nufuzli kengashning qaroriga muvofiq joriy yilning sentabr oyida Fransiyada bo‘lib o‘tgan Sammitda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Osiyodagi Eng yaxshi oliy ta'lim muassasasi nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.

Tanlov natijasiga ko‘ra, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti jahonning nufuzli universitetlari AQShning Boston, Stenford universitetlari, Vashington xalqaro o‘quv markazi, Yevropa menedjment universiteti qatoridan o‘rin egallagan.

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi
Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi

Joriy yil 19 oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida mazkur mukofotni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Mavzuga oid
Top