10:03 / 21.10.2017
9417

Toshkentda Janubiy Koreya fuqarosiga hujum qilgan shaxs qo‘lga olindi

2017 yilning 17 oktabr kuni taxminan soat 23:40larda, Z.X. bosqinchilik yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Mirobod tumani hududida, Janubiy Koreya fuqarosi M.Ch.Yo.ga hujum qilib, uning sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, ikki dona “Samsung” rusumli uyali telefonlari, fuqarolik pasporti hamda 2.000.000 so‘m miqdoridagi pullarini egallab olib, jinoyat sodir etilgan joydan yashiringan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 1-qismi (bosqinchilik, ya'ni o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Top