Turkmanistonda gazni qayta ishlash bo‘yicha eng yirik zavod qurilmoqda

Foto: inform.kz
Turkmanistonda benzinni tabiiy gaz sintezi yordamida olish bo‘yicha eng yirik zavod qurilmoqda, deb xabar beradi «Kazinform» «Turkmaniston bugun» davlat axborot agentligiga asosan.
Buyurtmachi – «Turkmangaz» Davlat konserni ma'lumotlariga ko‘ra, bu noyob yuqori texnologiyali korxona Yaponiyaning «Kawasaki Heavy Industries, Ltd.» kompaniyasi ishtirokida qurilmoqda hamda unda jahon amaliyotida birinchi marta tabiiy gaz suyuq yoqilg‘i – benzinga katta hajmlarda «o‘tkaziladi».
Daniyaning «Haldor Topsoe» kompaniyasi texnologiyasini qo‘llashga asoslangan «GTG - Gas to gasoline» loyihasi har yili 1 mlrd. 785 mln. kub metr tabiiy gazni qayta ishlash va 600 ming tonna Euro-5 standartlariga javob beruvchi A-92 markali benzinni chiqarish imkoniyatini beradi.
Korxona uchun jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilardan eng zamonaviy uskunalar xarid qilindi. Korxonada Hollandiya, Koreya, Hindiston, Buyuk Britaniya, Shvetsiya kompaniyalarining eng yangi qurilmalari o‘rnatilgan.
Qurilish maydonchasida xorijiy kompaniyalardan bo‘lgan 700 dan ortiq mutaxassislar va mamlakatning turli viloyatlaridan kelgan 4 700 ishchi hamda muhandislar ishlamoqda. Ular ulanuvchi quvurlar montaji, muhandislik kommunikatsiyalarini o‘tkazish, ma'muriy bino va boshqaruv pulti, tayyor mahsulotni yuklash hududini qurish, tankerlarni mahsulotlar bilan to‘ldirishga tayyorlash kabi ishlarni bajarishmoqda.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
Jahon | 02:31
-
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
Jahon | 01:40
-
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi
Jahon | 01:09
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
Mavzuga oid

14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi

13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi

13:48 / 06.05.2025
Yevropa Ittifoqi 2027 yil oxirida Rossiyadan barcha gaz importini taqiqlamoqchi

15:20 / 01.05.2025