O‘zbekiston | 10:03 / 21.10.2017
6167
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston AQSh kompaniyalariga qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda ko‘mak ko‘rsatishga tayyor

O‘zbekiston Respublikasining Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov Vashingtonda AQShning xususiy xorijiy investitsiyalar Korporatsiyasi (OPIC) vitse-prezidenti Treysi Vebb bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Laziz Qudratov Amerika tomoniga O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi so‘nggi tendensiyalar haqida ma'lumot berdi. Xususan, O‘zbekistonning investitsiya muhitini yaxshilash, bank-moliya tizimini isloh qilish va valyuta tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy etish borasidagi sa'y-harakatlari haqida ma'lumot berildi.

O‘zbekiston tomoni mamlakat hukumati Amerika kompaniyalariga mashinasozlik, farmatsevtika, elektrotexnika, oziq-ovqat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida keng nomenklaturadagi mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, tomonlar tashkilotning O‘zbekistondagi faoliyatini faollashtirish istiqbollarini, shu jumladan AQSh kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda ishtirok etish masalalarini muhokama qildilar.

Mavzuga oid