13:50 / 22.10.2017
28863

AQSh sobiq prezidenti Shimoliy Koreyaga jo‘nab ketish istagida ekanini bildirdi

The New York Times jurnalisti bilan suhbatlashgan AQSh sobiq prezidenti Jimmi Karter intervyu chog‘ida diplomatik xizmat yuzasidan Shimoliy Koreyaga tashrif buyurishga tayyor ekanini bildirib o‘tgan.

Jurnalist undan «amaldagi prezidentga ko‘maklashish uchun diplomatik xizmat mas'uliyatini zimmangizga olasizmi», deya bergan savoliga siyosatchi quyidagicha javob berdi:

«Men Shimoliy Koreyaga borgan bo‘lardim, ha!».

Karter bu mavzu yuzasidan prezidentning Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Makmaster bilan suhbatlashganini, ammo rad javobini olganini aytib o‘tdi.

«​Agar foydam tegsa, men har doim hukumat uchun yordam berishga tayyor ekanimni bildirganman»​, deb qo‘shimcha qildi u.

Mavzuga oid
Top