18:09 / 22.10.2017
16831

FIFA tomonidan yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o‘zbekistonlik muxlislar ham tomosha qilishi mumkin

23 oktabr kuni Londonda FIFA tomonidan yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. 

«The Best FIFA Football Awards 2017» tadbirini o‘zbekistonlik muxlislar ham tomosha qilishi mumkin bo‘ladi.

Soat 22-00dan boshlab, UZREPORT TV hamda FUTBOL TV tadbirni jonli efirda translyatsiya qiladi.

Dushanba oqshomida bo‘lib o‘tadigan ushbu marosimda dunyoning eng yaxshi erkak futbolchisi va ayol futbolchisi, shuningdek, eng yaxshi erkaklar jamoasining murabbiyi, eng yaxshi ayollar jamoasining murabbiyi kabi nominatsiyalarda g‘oliblar taqdirlanadi. G‘oliblar FIFAga a'zo mamlakatlarning murabbiylari, futbolchilari va ommaviy axborot vositalari vakillarining ovozlari asosida aniqlanadi. 

Umuman olganda, FIFA gala-oqshomida 8 ta nominatsiyada g‘olib taqdirlanib, 11 kishidan iborat dunyoning ramziy terma jamoasi ham aniqlanadi.

Top