10:35 / 22.10.2017
20476

Xayriya konsertiga AQShning barcha sobiq prezidentlari tashrif buyurdi

Foto: AP /LM Otero

AQShning Texas shtatida tashkillashtirilgan xayriya konsertida ayni paytda tirik bo‘lgan AQShning barcha sobiq prezidentlari, jumladan Jimmi Karter, Katta Bush va uning o‘g‘li Jorj Bush, Bill Klinton hamda Barak Obama ishtirok etdi.

Ma'lumotlarga qaraganda, konsertdan tushgan mablag‘lar tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan amerikaliklarning ehtiyoji uchun ishlatiladi. Shuning uchun, mazkur konsert ramziy ma'noda Harvi to‘fonnidan eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud - Texasdagi Kollej-Steyshen shahrida o‘tkazildi.

Tadbir davomida amaldagi AQSh prezidenti Donald Trampning video murojaati qo‘yib eshittirildi. Shuningdek, Katta Bushdan tashqari barcha sobiq davlat rahbarlari minbardan nutq so‘zlab yurtdoshlarini g‘ayratli bo‘lishga chaqirdi.

Top