07:50 / 22.10.2017
8403

Maltalik ayol jurnalistning qotilligi haqidagi axborotga katta mukofot e'lon qilindi

Foto: Reuters

Malta hukumati jurnalist Dafna Karuana Galiziyaning qotilligini tergov qilishda yordam beruvchi axborotga million yevro mukofot puli belgiladi.

"Hukumat misli ko‘rilmagan chora sifatida politsiyaga qotillikka aloqador bo‘lgan shaxs yoki shaxslarni aniqlashga olib keluvchi axborotni beradigan istalgan odamga million yevro taklif qilmoqda", deb ma'lum qildi Malta hukumati. 

Bayonotda qayd qilinishicha, "ushbu qotillik favqulodda choralar ko‘rilishini talab qiluvchi favqulodda muhim hodisadir".

Malta hukumatining ta'kidlashicha, politsiyaga axborot anonim tarzda berilishi mumkin. Avvalroq WikiLeaks asoschisi Julian Assanj ham ushbu qotillikning ochilishida yordam beruvchi axborotga 20 ming dollar va'da qilgandi.

56 yoshli jurnalistning o‘ldirilgani 16 oktabrda ma'lum bo‘lgan. U olib borgan oxirgi jurnalistik tergovlardan biri Malta bosh vaziri Jozef Muskat va uning ikki yaqin yordamchisiga taalluqli bo‘lgan. Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Galitsiya 15 kun avval politsiyaga unga o‘ldirish bilan tahdid qilishayotgani haqida ma'lum qilgan. 

Mavzuga oid
Top