09:43 / 22.10.2017
10068

O‘zbekistonlik yoshlar Butunjahon yoshlar va talabalar festivalida ibrat ko‘rsatishdi

Sochida o‘tayotgan Butunjahon yoshlar va talabalar festivalida O‘zbekiston delegatsiyasi tomondan xayriya auksioni o‘tkazildi. Bu auksionda zarcho‘pon 5000 rublga, sopol lagan esa 1500 rublga sotildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston stendida do‘ppilar va milliy uslubdagi suvenirlarni sotib olish mumkin bo‘ldi. Savdodan tushgan pullar esa Rossiyaning onkologik kasalliklarga chalingan bolalarning reabilitatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi "Sheredar" xayriya jamg‘armasiga topshirildi. 

Festivalda ishtirok etgan hamyurtlarimizning TASS axborot agentligiga ma'lum qilishicha, ular festivalga ko‘plab esdalik sovg‘alari olib kelishgan va jamg‘arma faoliyatidan xabar topishgach, sovg‘alarni sotib, olingan mablag‘larni xayriya ishlariga berishni niyat qilishgan. Qolgan davlatlar vakillari ham yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlab, auksionda ishtirok etishgan.

"Sheredar" jamg‘armasi 2012 yildan beri Rossiyada faoliyat yuritadi. Jamg‘arma 2015 yilda Vladimir viloyatida reabilitatsiya markazini ochgan. Bu yerda 900 dan ko‘proq bola davolanib chiqqan. Jamg‘arma elchisi Diana Jalalovaning aytishicha, festival vaqtida yig‘ilgan pullar Vladimirdagi markazga noyabrda keladigan bolalarga sarflanadi.

Top