19:18 / 23.10.2017
13045

Mirziyoyev Afg‘oniston prezidentiga ta'ziya izhor etdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G‘aniga ushbu mamlakat poytaxti Kobul shahrida va G‘ur viloyatida ro‘y bergan teraktlar tufayli ta'ziya izhor etdi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Davlat rahbari maktubida ushbu hududlardagi «bir necha qabih terrorchilik xurujlar natijasida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani haqidagi xabar bizni chuqur qayg‘uga soldi» deyiladi.

«Ushbu musibatli damlarda, Siz Janobi Oliylariga hamda marhumlarning yaqinlariga samimiy ta'ziya va hamdardlik izhor etamiz. Olloh subhonahu va taolodan ularga sabr-toqat va bardamlik, jarohatlanganlarga esa shifo ato etishini so‘rab qolamiz», - deya yakun yasalgan Shavkat Mirziyoyevning Muhammad Ashraf G‘aniga yo‘llagan maktubida.

Top