Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Qozog‘iston bilan strategik sheriklikning yuqori darajasini qayd etdi
Foto: TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Nursulton Nazarboyevni har ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 25 yilligi bilan tabrikladi.
«O‘tgan chorak asrda Rossiya va Qozog‘iston xalqlarini bog‘lab turuvchi yaxshi do‘stlik va o‘zaro hurmat an'analariga tayanib, biz ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik hamda ittifoqchilikning yuqori darajasiga olib chiqdik», - deyiladi Kreml saytida e'lon qilingan telegrammada.
Vladimir Putin Rossiya-Qozog‘iston siyosiy muloqoti jadal rivojlanib borayotgani, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda samarali hamkorlik amalga oshirilayotganini ta'kidladi. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida sa'y-harakatlarni muvofiqlashtirish mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga yordam beradi.
«Ishonamanki, birgalikda ishlash orqali biz Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlarning barcha kompleksini yanada kengaytirishimiz, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni hal qilishda o‘zaro konstruktiv hamkorlikni ta'minlashimiz mumkin. Bu, albatta, bizning mamlakatlarimiz xalqlari asosiy manfaatlariga xizmat qiladi. Men chin qalbimdan sizga, hurmatli Nursulton Abishevich, mustahkam sog‘lik, muvaffaqiyatlar tilayman», - degan Vladimir Putin.
O‘z navbatida Qozog‘iston prezidenti Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, KXShT, MDH, ShHT, BMT va boshqa ko‘plab turli tuzilmalar doirasidagi hamkorlik Ostona hamda Moskva o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan strategik sheriklikni rivojlantirishning eng muhim elementi ekanini ta'kidladi.
«Men oramizdagi yaxshi shaxsiy munosabatni yuksak qadrlayman. Shu bilan birga, bizning hamkorlikni yanada mustahkamlash siyosatimiz ikki davlat xalqlari keng qo‘llab-quvvatloviga ega ekani muhimdir», - deyiladi telegrammada.
Nursulton Nazarboyev Rossiya Federatsiyasi prezidentiga sihat-salomatlik va mo‘ljallagan rejalarini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar, do‘stona Rossiya xalqiga esa - yanada ravnaq va farovonlik tiladi, deb xabar beradi Oqo‘rda.
Mavzuga oid
22:33 / 09.01.2026
Tramp Putinga sabr-toqati tugayotgani haqida signallar yubormoqda – OAV
09:26 / 05.01.2026
Tramp RFning Putin qarorgohiga zarba berilgani haqidagi bayonotiga ishonmayapti
22:02 / 01.01.2026
RF Mudofaa vazirligi «Putin qarorgohiga hujum» bo‘yicha dalillarga egaligini da’vo qildi
14:05 / 31.12.2025