17:50 / 23.10.2017
8660

Rasman. Kuman iste'foga chiqarildi

«Everton» rahbariyati muvaffaqiyatsiz start tufayli jamoa bosh murabbiyi Ronald Kumanni iste'foga chiqardi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar qilingan.

APLning 9-turida «Arsenal»ga qarshi kechgan va 2:5 hisobidagi mag‘lubiyatli o‘yindan keyin klub rahbarlarining «sabr kosasi to‘lgan». Ushbu natijadan keyin jamoa 18-o‘ringa, «xavfli zona»ga tushib ketdi. Jamoa 9 turda faqat 8 ochko jamg‘argan, to‘plar nisbati 7-18.

Eslatib o‘tamiz, Ronald Kuman «Everton»ni 2016 yilda qo‘lga olgan, o‘tgan mavsumda esa u bilan 7-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Qayd etish kerakki, yozgi transferlarda «Everton» faol harakat qilgan, yangi futbolchilar uchun 158 mln yevro sarflangandi. Transferlar uchun bundan ko‘p mablag‘ni faqat«Manchester Siti», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» klublari sarflashgandi. Shu bilan birga «Everton» o‘z futbolchilari sotuvidan 107 million yevro ishlagan.

Top