17:41 / 23.10.2017
13654

«Real»da Ronalduning o‘yinidan norozilik kuchaymoqda

Foto: Getty Images

«Real» klubi a'zolari orasida yetakchi to‘purar Krishtianu Ronalduning o‘yinidan norozilik kayfiyati kuchaymoqda.

Ma'lumki, futbolchi Ispaniya chempionatining joriy mavsumida bor yo‘g‘i 1 marta gol urgan.

Ispaniya matbuoti xabariga ko‘ra, futbolchilarga nafaqat uning sermahsulligi pasayib ketgani, balki o‘yin paytida jamoadoshlarning qarorlaridan norozi bo‘lishi ham yoqmayapti.

Xususan, Ronaldu agar o‘zining ishtirokisiz gol urilsa, boshqalarga e'tiroz bildirib, ularning jig‘iga tegmoqda. 

Mavzuga oid
Top