12:35 / 23.10.2017
16858

Shvetsiya KXDRdan 40 yillik qarzni undirib olmoqchi

Foto: Getty Images

Shvetsiya hukumati KXDRdan mamlakatda 43 yil muqaddam paydo bo‘lgan qarzdorlikni undirmoqchi. Bu haqda «Ryonxap» xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, Shimoliy Koreya Shvetsiyadan 2,7 mlrd. krona (330 mln. dollar) qarz bo‘lib qolgan.

Ma'lum bo‘lishicha, KXDR Shvetsiyadan 1974 yilda 1000 ta «Volvo» markali avtomobilni xarid qilgan, ularga pul to‘lanmagan. Avvaliga KXDRning qarzi 600 mln. kronani tashkil qilgan.

Shvetsiya KXDRga qarzlarni to‘lash bo‘yicha yiliga ikki marta murojaat qiladi.

Mavzuga oid
Top