10:19 / 23.10.2017
33063
Reklama

“TO'XTANIYOZ – OTA” sifat menejmenti xalqaro tizimining sertifikatlashtirishidan o‘tdi

Foto: To'xtaniyoz-ota

“TO'XTANIYOZ – OTA” fermer xo‘jaligi bugungi kunda O‘zbekistondagi kolbasa ishlab chiqaruvchi eng tajribali hamda mashhur korxonalardan biri sanaladi. 1993 yilda kichik xususiy korxona sifatida ish boshlagan kompaniya ayni damda istalgan ta'bga mos keluvchi 150dan ortiq turdagi kolbasalarning keng assortimentini bozorga chiqaradi.  

Brend asoschisining an'analarini davom ettirgan holda kompaniya To‘xtaniyoz nomi bilan atala boshlangan edi. Ayni damda Toshkent viloyatida joylashgan ushbu zamonaviy ishlab chiqarish korxonasi butun O‘zbekiston bo‘ylab mahsulot yetkazib berish bilan shug‘ullanadi. 

Ishlab chiqarilayotgan kolbasa mahsulotlarining yuqori sifati va ishlab chiqarish sharoitlari nafaqat xaridorlar e'tirofi, balki kompaniya o‘z faoliyati mobaynida sazovor bo‘lgan mukofot va sertifikatlar orqali ham bilinib turibdi. ISO 9001:2015 sertifikati hozircha qo‘lga kiritilgan so‘nggi yutuq bo‘lib turibdi. Bu sifat menejmenti xalqaro tizimining kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha guvohnomasi sanaladi.

Ushbu sertifikat mehnat jarayonini boshqarishning baholash mezoni bo‘yicha so‘nggi talqinni namoyon etadi. Sodda qilib aytadigan bo‘lsak, sertifikat Yevropa me'yorlariga to‘liq javob berib, kompaniyalarga faqatgina standartning barcha tasniflariga mos kelgan taqdirdagina taqdim qilinadi.

U Rossiya va MDH davlatlari hududida umumiy tan olingan bo‘lib, Yevropa me'yorlarining xalqaro talqinlariga asoslanadi.

Foto: To'xtaniyoz-ota

ISO 9001-2015 ham ish jarayonining muntazam modernizatsiyasi va rivojlanishi, xaridorlarning talablariga javob berish bo‘yicha tashkiliy tizimning, shuningdek, tahliliy monitoring hamda ishlab chiqarishning texnologik taraqqiyotining mavjudligini tasdiqlaydi. Hujjat IQNet kompaniyasi va “Russkiy registr” sertifikatlashtirish Assotsiatsiyasi hamkorligida 3 yilga berilgan bo‘lib, ishlab chiqaruvchi tomonidan uning mavqeini doimiy tasdiqlab turadi.

Avvalroq ham “TO'XTANIYOZ – OTA” brendi yuqori darajadagi tanlovlar va mahalliy hamda xorijiy mukofotlarning sohibiga aylangan edi.

Jumladan, 2000 va 2006 yillarda To'xtaniyoz – Ota "Tashabbus" ko‘rik-tanlovining sovrindoriga aylangan. 2003 yilda esa Parijda o‘tkazilgan rivojlangan davlatlar konvensiyasida Oltin medal bilan taqdirlangan. 2004 yilda Nyu-Yorkda (AQSh) tashkil etilgan rivojlangan davlatlar konvensiyasida platina (oq oltin) medalga sazovor bo‘lgan. Huddi shu yili To'xtaniyoz – Ota "O‘zbekistondagi eng yaxshi mahsulot" yo‘nalishida sovrinni qo‘lga kiritgan. O‘tgan yili esa “TO'XTANIYOZ – OTA” ADWEEK 2016 mukofotining “Iste'mol mahsulotlari” nominatsiyasidagi sovriniga ega bo‘lgan.

Foto: To'xtaniyoz-ota

Shunday qilib, mabodo kompaniyaning Kelesdagi yagona zavodiga borib qolsangiz, “TO'XTANIYOZ – OTA”ning o‘zi ishlab chiqarayotgan mahsulotlariga qanchalik noziklik va ulkan e'tibor bilan yondashayotganining guvohiga aylanasiz. Ideal darajadagi tozalik, har bir xodimdagi tartibli uniforma, sinchiklab tashkil etilgan ishlab chiqarish jarayoni va qo‘lqop hamda bosh kiyimlarni kiygan holda ishlash. Ichkariga kirar ekansiz, butun boshli ishlab chiqarish jarayoni ipidan ignasigacha mas'uliyat va kompaniya obro‘siga monand tarzda tuzib chiqilganiga guvoh bo‘lasiz.

Foto: To'xtaniyoz-ota

“TO'XTANIYOZ – OTA”dagi ishlab chiqarish jarayonining o‘ziga xosligi shundaki, umumiy jarayon har bir bosqichda sinchkovlik bilan nazorat qilinadi. Xususiy go‘sht fermasining borligi, doimiy veterinariya nazorati, o‘ziga xos retseptlar va ilg‘or texnologiyalar kompaniya kolbasalarini mazali va foydali bo‘lishini ta'minlaydi.

Reklama huquqi asosida

Top