18:29 / 23.10.2017
32198

«O‘ztreyd» AJ birinchi marta AQShga qovun eksport qildi

Foto: O‘ztreyd

«O‘ztreyd» AJ O‘zbekiston tarixida ilk marotaba ekologik jihatdan toza, yangi qovunlarni eksport qildi.

Kompaniya Nyu-Yorkdagi (AQSh) Uz-American Trade Corp Savdo Uyiga 1 tonna hajmdagi qovunlar partiyasini jo‘natdi.

Shuningdek, «O‘ztreyd» AJ AQShga tayyor to‘qimachilik, quritilgan meva-sabzavot va boshqa turdagi mahalliy mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha umumiy qiymati 5,1 million AQSh dollariga teng eksport shartnomalarini tuzdi.

Mavzuga oid
Top