07:03 / 24.10.2017
8724

Anqara meri Erdo‘g‘an bilan suhbatdan keyin iste'foga ketishga qaror qildi

Foto: AFP 2017 / Adem Altan

Anqara meri, Turkiyadagi yetakchi Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) vakili Malik Gyokchek Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashgandan keyin iste'foga ketishini e'lon qildi. U bu haqda tvitterda ma'lum qildi.

"Bugun men prezident bilan gaplashdim. Umid qilamanki, Anqara shahar yig‘ini shanba kuni navbatdan tashqari majlisga yig‘iladi va men iste'foga chiqishga ariza beraman", deb yozgan Turkiya poytaxti meri.

Gyokchek Anqara meri etib 1994 yilda saylangan va shundan beri bu shaharni boshqarib kelgan. U bu lavozimga 4 marta qayta saylangan.

Turkiya OAV Gyokchekning iste'fosini Erdo‘g‘anning u yetakchilik qiladigan ATP safini yangilash istagi bilan bog‘lamoqda. Avvalroq Istanbul meri Qodir Topbash va bir nechta viloyatlar gubernatorlari ham iste'foga ketishgandi.

Top