10:50 / 24.10.2017
47892

Dunyoning eng chiroyli metro stansiyalari

Metro qurilgan shaharda yashasangiz, hech bo‘lmaganda bir marta bu yerosti transporti xizmatidan foydalangansiz. Lekin uyga yoki ishga shoshar ekanmiz, ayrim metro stansiyalari me'morlik san'ati namunasi deb atalishga munosib ekanligini sezmaymiz. Quyida eng go‘zal metro stansiyalari bilan tanishasiz.

1. Moskva, Rossiya. “Slavyanskiy Bulvar” stansiyasi 2008 yildan buyon yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. 

2. “Komsomolskaya” stansiyasi qandillar bilan birga Rossiya tarixidan so‘zlovchi ajoyib mozaikalar bilan bezatilgan.

3. “Mayakovskaya” stansiyasi 1929 yilda qurilgan.  

4. Dubay, BAA.

6. Burjuman savdo markazi ostida ochilgan metro stansiyasi orqali 15 milliondan ortiq kishi o‘tishga ulgurdi.  

7. Neapol, Italiya.

“Neapolitan universiteti” stansiyasi rassom Karim Rashid tufayli go‘zal ko‘rinish olgan.

8. “Toledo” stansiyasi ham dunyodagi eng go‘zal stansiyalar qatoridan joy olgan.  

9. “Materdey” stansiyasi betakror san'at namunalari bilan diqqatingizni jalb etadi.

10. Vashington, Kolumbiya okrugi, AQSh.

“Galeri-Pleys” stansiyasi uchta tarmoqning birlashgan nuqtasidir.  

11. “Yunion” stansiyasi orqali yiliga 32 million kishi o‘tadi. U 1907 yildan buyon xizmat ko‘rsatadi.  

12. “Metro-Tsentr” stansiyasi Vashington tranzit tizimining qoq yuragida joylashgan.  

13. Shanxay, Xitoy.

14. Shanxaydagi bu metro tunneli Charlining shokolad fabrikasiga olib boradigan yo‘lga o‘xshaydi.  

16. Kiyev, Ukraina. “Zolotyye Vorota” stansiyasi “madaniy yodgorlikning yangi obekti” hisoblanadi.  

17. “Lybedskaya” stansiyasi Kurenyovsk-Krasnoarmeyskaya yo‘lining yakuni sifatida 30 yil faoliyat ko‘rsatdi, 4 yil ilgari esa u janub tomon uzaytirildi. 

18. “Dvorets Ukraina” stansiyasi 1984 yildan beri ishlaydi.  

19. Parij, Fransiya.

20. “Arts et Métiers” (san'at va hunar) stansiyasi mohir komikschi rassom Fransua Shuyten tomonidan 1994 yilda bezatilgan.

22. Pxenyan, Shimoliy Koreya.

23. Pxenyanda chiroyli stansiyalar ko‘p, lekin ular orasida “Yonggwang” stansiyasi ajralib turadi.  

25. Gaosyun, Tayvan. “Tsentral-Park” stansiyasi nomi Gaosyun markaziy parki nomiga qo‘yilgan.  

26. “Formosa Bulvar” stansiyasi o‘zining “dunyodagi eng katta shisha mozaikasi” bilan mashhur.  

28. Tokio, Yaponiya.

29. “Iidabasi” stansiyasi 1928 yildan beri faoliyat ko‘rsatadi va eng diqqatga sazovor joylardan biri hisoblanadi.  

31. Praga, Chexiya. “Flora” stansiyasi 1980 yilda ochilgan, uning qurilishiga 11,5 million dollarga yaqin mablag‘ sarflangan.

32. “Gradchanska” stansiyasi Pragadagi qal'a nomidan olingan.

33. “Namesti Miru” stansiyasiga tushish uchun butun Yevroittifoqdagi eng uzun eskalatordan (ko‘cha sathidan 52 metr pastda) foydalanish lozim. 

34. Barselona, Ispaniya. “Drassanes” stansiyasi 2007 yilda qayta ta'mirlangan. 

37. Myunxen, Germaniya. “Vestfridxof” stansiyasidagi uzunligi 3 metrli bu lampalarni sayyohlar tez-tez suratga olib turishadi.  

38. “Kandidplatts” stansiyasi 1997 yilda ochilgan bo‘lib, eng serjilo stansiya hisoblanadi.  

39. “Mariyenplatts” stansiyasi 2003-2006 yillarda yangilanishga uchragan. 

40. Sankt-Peterburg, Rossiya.

Sankt-Peterburgdagi eng qadimiy stansiyalardan biri – “Kirovskiy Zavod” stansiyasi. 

41. “Narvskaya” stansiyasidagi bronza va marmar yo‘lovchilarga o‘zgacha muhitni taqdim etadi.  

42. “Avtovo” stansiyasi o‘zining muhtashamligi bilan hayratga soladi. 

43. Monreal, Kanada. “Papino” stansiyasi ko‘cha sathidan 21 metr pastda joylashgan. 

44. “Champ-de-Mars” stansiyasi 1966 yilda ochilgan ilk stansiyalardan biri.

45. “Namur” stansiyasi 1984 yilda ochilgan.  

46. Lissabon, Portugaliya.

47. “Olaias” stansiyasi 1998 yili ishga tushgan. 

49. Stokgolm, Shvetsiya. “Solna” stansiyasini internetdagi hazilkashlar “do‘zax” deb atashadi. 

50. “Kungstredgorden” stansiyasida 50-60 yillarda buzilib ketgan shved arxitekturasi buyumlari va qoldiqlari saqlanadi. 

51. “T-Centralen” stansiyasi (Stokgolm, Shvetsiya).

52. “Old Siti Xoll” (Nyu-York, AQSh).

53. “Muzey” stansiyasi (Toronto, Kanada).

54. “Alisher Navoiy” bekati (Toshkent, O‘zbekiston).

55. “Bokengaymer” (Frankfurt, Germaniya).

56. “Vilson” stansiyasi (Varshava, Polsha).

57. “Xaydelberger Platts” (Berlin, Germaniya).

58. “O’Xare” (Chikago, AQSh).

59. “Hyllie” stansiyasi (Malmyo, Shvetsiya).

60. “Keneri-Uorf” (London, Buyuk Britaniya).

61. “Chili universiteti” stansiyasi (Santyago, Chili).

62. “Expo MRT” stansiyasi (Singapur).

Top