01:04 / 24.10.2017
43952

Ronaldu yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi

Londonda «The Best FIFA Football Awards 2017» - yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi yakunlandi.

2017 yilning eng yaxshi futbolchisi deb «Real» klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu e'lon qilindi.

U sovrin uchun kurashda «Barselona» hujumchisi Lionel Messi va «Barselona»da o‘ynab, keyinchalik PSJ klubiga o‘tgan Neymarni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

G‘olibga sovrinni futbol afsonalari - argentinalik Diyego Maradona va braziliyalik Ronaldo topshirdi.

Top