19:00 / 24.10.2017
23502

Foto: Kim Chen Inning akasi o‘limida ayblanayotganlar jinoyat sodir etilgan joyga olib kelindi 

Kuala-Lumpur aeroportining xalqaro terminalida KXDR rahbari Kim Chen Inning akasi Kim Chen Namning o‘ldirilishida ayblanayotgan ikki ayol ishtirokida tergov harakatlari bo‘lib o‘tdi. Indoneziyaning 25 yoshli fuqarosi Siti Aysia va Vetnamning 28 yoshli fuqarosi Doan Txi Xuong aeroportga kishan taqilgan holda, zirhli jiletlar va nogironlar aravachasida olib kelindi, deb xabar bermoqda Reuters. Ularga sud amaldorlari hamda politsiyaning 200 dan ziyod xodimlari hamrohlik qilgan.

Kuala-Lumpur aeroportida Kim Chen Namga hujum 13 fevral kuni yuz berdi, erkakning yuziga VX asab-falajlovchi zahar surtilgan. Himoya iddaosiga ko‘ra, ayblanuvchilar o‘zlarini televizion dasturda ishtirok etishayotgan deb o‘ylashgan hamda zahar haqida xabardor bo‘lmaganlar. Janubiy Koreya va amerikalik ba'zi amaldorlarning fikricha, Kim Chen Namning o‘limi ortida Shimoliy Koreya rejimi turgan bo‘lishi mumkin. Kim Chen Inning akasi Makaoda istiqomat qilgan hamda KXDR hukumatini tanqid qilgan.

Foto: Lai Seng Sin/Reuters

Kim Chen Namning o‘limida gumonlanayotgan Indoneziya fuqarosi Siti Aysia Kuala-Lumpur aeroportidagi tergov harakatlari vaqtida, 2017 yil 24 oktabr

Foto: Lai Seng Sin/Reuters

Politsiya Kuala-Lumpur aeroportidagi tergov harakatlari vaqtida, 2017 yil 24 oktabr

Foto: Sadiq Asyraf/AP

Kim Chen Namning o‘limida gumonlanayotgan Vetnam fuqarosi Doan Txi Xuong Kuala-Lumpur aeroportidagi tergov harakatlari vaqtida, 2017 yil 24 oktabr 

Foto: Sadiq Asyraf/AP

Kim Chen Namning o‘limida gumonlanayotgan Indoneziya fuqarosi Siti Aysia Kuala-Lumpur aeroportidagi tergov harakatlari vaqtida, 2017 yil 24 oktabr

Foto: Lai Seng Sin/Reuters

Kim Chen Namning o‘limida gumonlanayotgan Indoneziya fuqarosi Siti Aysia va Vetnam fuqarosi Doan Txi Xuong Kuala-Lumpur aeroportidagi tergov harakatlari vaqtida, 2017 yil 24 oktabr

Top