20:35 / 24.10.2017
7168

General Motors’ning 3-chorakdagi sof zarari 3 mlrd dollarni tashkil qildi

Foto: globallookpress.com

AQShning birinchi raqamli avtomobilsozlik kompaniyasi General Motors Co. yilning 3-choragida sof zarar ko‘rgani haqida hisobot bergan. 

GM’ning 3-chorakdagi sof ziyoni 2,98 mlrd dollarni tashkil qildi. Vaholanki, Kataloniya 2016 yilda 2,77 mlrd dollarlik sof foyda ko‘rgan. Bu orada ba'zi moddalarni hisobga olmaganda General Motors bir aksiyasiga 1,32 dollar foyda ko‘rgan.

Ko‘rilayotgan davr ichida tushum 13,6 foizga kamayib, 33,62 mlrd dollarni tashkil qilgan. O‘tgan yil bu ko‘rsatkich 38,89 mlrd dollar bo‘lgan. 

"4-chorakda avtomobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha tajovuzkor siyosat o‘tkazamiz. Shu sabab yil oxirigacha kompaniya yuqori natijalar olinishini kutmoqda", deb aytilgan bayonotda. 

Top