Londonda «The Best FIFA Football Awards 2017» marosimi boshlandi.

«Arsenal» hujumchisi Olive Jiru eng chiroyli gol muallifiga topshiriladigan Ferents Pushkash nomidagi sovringa ega bo‘ldi.

U «Kristal Pelas»ga qarshi o‘yinda chayon uslubida zarba yo‘llab, gol urgan edi.

Sovringa Deyna Kastelyanos (Venesuela U-17 ayollar terma jamoasi) va Masuluke Oskarine («Baroka») ham da'vogarlik qilgan edi.