16:20 / 24.10.2017
14065

Qozog‘istondan «Qizil kitob»ga kiritilgan lochinlarni olib ketishga uringan qatarliklar qo‘lga olindi

Foto: © RIA Novosti

Qozog‘istonlik chegarachilar Olmaota aeroportida «Qizil kitob»ga kiritilgan turga mansub 29ta lochinni olib chiqib ketishga uringan ikki shaxsni qo‘lga oldi.

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, bu shaxslar Qatar fuqarolaridir.

Chegarachilar transport vositalarini tekshirishganida, yukxonadan yog‘och yashiklarni aniqlashgan. Ularda yo‘qolayotgan turga mansub 29ta lochin bo‘lgan.

Top