12:50 / 24.10.2017
6288

"LIFESTYLE" jurnali O‘zbekistondagi ziyorat tur taassurotlari haqida

Foto: KUN.UZ

Indoneziyada nashr qilinadigan oylik "LIFESTYLE" jurnali oktabr sonida O‘zbekiston turizm imkoniyatlari, urf-odatlari va tarixiy shaharlariga bag‘ishlangan maqola nashr qilindi. Bu haqda Uzbektourism axborot xizmati xabar bergan.

Ushbu nufuzli jurnalning 3 xodimi joriy yilning iyul oyida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan Indoneziya va Malayziya sayyohlari uchun boshlangan «Ziyorat tur» charter reysi orqali yurtimizda mehmon bo‘lishgan edi. Ularning safar taassurotlari va fotomateriallari ana shu maqolada aks etgan.

“LIFESTYLE” jurnali Indoneziyaning o‘zida 50000 nusxada chop etilibgina qolmay, Malayziyada 48000, Singapurda 17 ming va Honkongda 20000dan ortiq nusxada chiqariladi. Jurnal asosan katta tijorat kompaniyalari, turizm tashkilotlari va ofislar orasida doimiy obuna tashkil etilgan. E'tiborli tarafi shundaki, u Indoneziyaning milliy aviakompaniyasi GARUDA Indonesia samolyot bortida ham joylashtiriladi.

Top