Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) noyabrda O‘zbekistonda o‘z ofisini ochadi. Bu haqda YeTTB prezidenti Suma Chakrabarti O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan maktubida ma'lum qildi.
YeTTB rahbarining ta'kidlashicha, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki birinchi vitse-prezidenti Fil Bennett va tavakkalchiliklar bo‘yicha vitse-prezident Betsi Nelson noyabr oyi boshida Toshkentga tashrif buyuradi.
“Ushbu tashrif doirasida vakillarimiz YeTTBning Toshkentdagi vakolatxonasini rasmiy ravishda ochadi, hukumatingiz vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazadi, shuningdek, 10-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyoda xavfsizlik va izchil taraqqiyot masalalari bo‘yicha oliy darajadagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi”, - degan Suma Chakrabarti.










