10:00 / 25.10.2017
20291

Xalq ta'limi vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Bekturdiyev Kadirbay Bekbosinovich Xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatovning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U bu lavozimda biroz oldinroq Maktabgacha ta'lim vaziriga birinchi o‘rinbosarlikka o‘tgan Sobitxon Turg‘unov o‘rnini egalladi.

Bekturdiyev Kadirbay Bekbosinovich shu vaqtgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligiga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Bundan avvalroq Dilshod Kenjayev Xalq ta'limi vaziriga Ma'naviyat masalalari bo‘yicha o‘rinbosar, Jahongir Sidiqov esa Moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosar etib tayinlangandi.

Xalq ta'limi vazirining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida shu yilning iyulidan buyon Alisher Sa'dullayev ishlab kelmoqda.

Mavzuga oid
Top