Sport | 13:10 / 25.10.2017
20984
2 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu yana necha marta dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish istagi borligini aytdi

«Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana ikki marta dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish niyati borligini aytdi.

Ma'lumki, futbolchi 4 marta «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgan va yaqinda FIFA tomonidan The Best sovriniga loyiq ko‘rilgan edi.

- Bu ajoyib sovrin va uni qo‘lga kiritishda ko‘maklashgan jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bu faoliyatimdagi tarixiy lahzalardir, hissiyotlarim junbishga kelmoqda.

- Siz beshinchi marta dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindingiz. Bu sizni tarixdagi eng zo‘r futbolchiga aylantirdimi?

- Bu sovrinni qabul qilib olishdan baxtiyorman, ammo, men har doim dunyo futboli tarixida iz qoldirishga intilganman. Menimcha, buni uddalayapman. Albatta, sovrinlarni qo‘lga kiritish menga yoqadi va shaxsiy sovrinlarning eng katta kolleksiyasiga ega bo‘lganimdan mamnuman. Shunday davom etishini istayman.

- Sizda dunyoning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan beshta shaxsiy sovrin bor. Futbolchilik faoliyatini tugatayotganingizda yana nechtasi bo‘lishini istaysiz?

- Yettita bo‘laqolsin! Bu mening sevimli raqamim! Har holda bu kelajakka doxil narsalar. Hozir esa hayotimning eng quvonchli damlaridan zavq olishni istayman.

Mavzuga oid