14:30 / 25.10.2017
12374

Rossiya: Markaziy Osiyoda terrorizm bilan bog‘liq bo‘lgan 150 shaxs aktivlari muzlatildi 

Foto: kremlin.ru

Markaziy Osiyo davlatlarida terrorizm bilan aloqador bo‘lgan qariyb 150 kishining aktivlari muzlatib qo‘yildi. Bu haqda Rossiya moliyaviy monitoring xizmati rahbari Yuriy Chixanchin Vladimir Putin bilan uchrashuvda ma'lum qildi, deya xabar beriladi Kreml saytida.

"Shuni aytish mumkinki, biz terrorizm bilan kurashga aloqador masalalar bo‘yicha xalqaro maydonchalar, birinchi navbatda Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro yaxshi munosabatlarni yo‘lga qo‘ydik. Biz ma'lumot almashmoqdamiz, hamda Markaziy Osiyo davlatlarida qariyb 150 kishining aktivlari muzlatib qo‘yildi", - degan Chixanchin.

Uning aniqlik kiritishicha, Rosfinmonitoring bu respublikalar hududlarida yashovchi, biroq Rossiyada bo‘lgan qariyb 100 kishining aktivlarini muzlatdi.

"Biz Federal xavfsizlik xizmati hamda tijorat banklari bilan birga terrorchilarning moliyaviy xatti-harakati modelini ishlab chiqishning uddasidan chiqdik. Bu qariyb 200 kishini aniqlash imkoniyatini berdi, jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Ya'ni, banklarning o‘zi bu bo‘yicha belgilarni aniqlay boshladi. Bu eng asosiy natija", - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Chixanchin.

Top