Jahon | 12:45 / 25.10.2017
11690
2 daqiqa o‘qiladi

Sankt-Peterburg gubernatori O‘zbekistonga kelmoqda

Foto: © RIA Novosti

Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko shu yilning noyabr oyida Toshkentga tashrif buyurishni rejalashtirgan. Bu haqda Sputnik agentligi O‘zbekistondagi Rossiya savdo vakolatxonasidagi manbasiga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Tashrif sanasi va rejalashtirilgan uchrashuvlar dasturi ma'lum emas.

Vakolatxona ayni paytda oktabr-noyabr oylarida ishbilarmonlik tadbirlari doirasidagi biznes-missiyalarning bir qator rasmiy uchrashuvlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ushbu davrda Sankt-Peterburg gubernatori Poltavchenko rahbarligidagi madaniy-ishbilarmonlik missiyasini, O‘zbekiston Respublikasidagi Chelyabinsk viloyati kunlarini, Rossiya Federatsiyasi sub'yektlari — Boshqirdiston, Orenburg viloyati, Oltoy o‘lkasi rahbariyatlari tashriflarini, shuningdek, Kaliningrad, Omsk, Vladimir, Orlov, Yaroslav va boshqa viloyatlardagi Rossiya korxonalari biznes-missiyalarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonga viloyatlar darajasidagi tashrif so‘nggi marta 2011 yilda, ya'ni 6 yil oldin ro‘y bergan. O‘shanda Tambov viloyati gubernatori O‘zbekistonga kelgandi.

2017 yilning 5 aprelida O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi davomida hukumatlararo hujjatlar imzolanganidan so‘ng esa joriy yilning o‘zida ikki mamlakat viloyatlari rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyalar tashrifi 8 marta amalga oshirildi. Yil oxiriga qadar yana beshta tashrif rejalashtirilgan.

Mavzuga oid