Jahon | 10:20 / 25.10.2017
7283
2 daqiqa o‘qiladi

Si Tszinpin Xitoy Kompartiyasi markaziy qo‘mitasi bosh kotibi lavozimiga qayta saylandi

Foto: © AFP 2017

Xitoy raisi Si Tszinpin Xitoy Kompartiyasi markaziy qo‘mitasi bosh kotibi lavozimiga qayta saylandi. Shu bilan birga qo‘mitaning siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasining 7 a'zosidan 5 nafari o‘zgartirdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

Si Tszinpindan tashqari, markaziy qo‘mitada o‘z lavozimini Xitoy bosh vaziri Li Ketsyan saqlab qoldi. Qo‘mitaning yangi tarkibidan bosh vazir o‘rinbosari Van Yan, partiyaning Shanxaydagi qo‘mitasi, markaziy qo‘mitaning devonxonasi boshlig‘i Li Chjanshu, markaziy qo‘mitaning tashkiliy bo‘limi boshlig‘i Chjao Letszi va markaziy qo‘mita huzuridagi siyosiy tadqiqotlar markazi boshlig‘i Van Xunin o‘rin oldi.

19-chaqiriqdagi Xitoy kompartiyasi markaziy qo‘mitasining birinchi yalpi majlisida markaziy qo‘mita siyosiy byurosining yangi  tarkibi saylandi. Unga 25 kishi, jumladan bir ayol kirdi.

Avvalroq delegatlar partiya nizomiga tuzatishlarni kiritishni tasdiqlashdi. Bu tuzatishlardan eng muhimi partiyaning bosh hujjati matniga Si Tszinpin nomi kiritilishi bo‘ldi. Bu esa Xitoyning amaldagi raisini Mao Tszedun va Den Syaopin kabi buyuk siyosiy arboblar bilan bir qatorga qo‘yadi. Shuningdek, Si Tszinpin Mao Tszedundan (Xitoyning 1954-1959 yillardagi raisi) keyin  partiya nizomiga nomi hayotligida kiritilgan ilk Xitoy yetakchisi bo‘ldi.

Mavzuga oid